Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy hamkorlarni Ukrainaga yordam berishga chaqirdi

Zelenskiy hamkorlarni Ukrainaga yordam berishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xalqaro hamkorlarni Ukrainaga shaharlarni Patriot raketaga qarshi mudofaa tizimlari bilan himoya qilishda faolroq yordam berishga chaqirdi.

Zelenskiy bu haqda Telegram-kanalida yozdi.

Zelenskiyning aniqlik kiritishicha, yil boshidan beri Rossiya Ukrainaga 770 ga yaqin ballistik raketa va 50 dan ortiq Kinjal raketalarini uchirdi.

"Mana shunday hujumlar tufayli biz shaharlarimizni bu dahshatdan himoya qilishimiz uchun Patriot tizimlariga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bunday imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamkorlarimiz so‘nggi kunlarda muhokama qilayotganimizni amalga oshirishi juda muhim", - dedi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar, Yevropa davlatlari va G7 hujumlar tinch aholi hayotiga tahdid solmasligini ta’minlashga yordam berishi mumkin: “Rossiya ballistik raketalari hayotni himoya qilish uchun kuchli davlatlardan haqiqiy hamkorlik orqali javob berishni talab qiladi”.

25 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga o‘nlab hujumchi dronlari va to‘qqizta ballistik raketa bilan hujum qildi. Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va o‘nlab jarohatlanganlar bor.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!