AFP agentligiga bergan intervyusida u ikki yil davomida tunda shu yerda tunaganini, kunduzi esa ishini odatdagidek ofisda olib borganini aytdi.
Ma’lumotga ko‘ra, boshpana sovet davrida barpo etilgan. Bankova ko‘chasidagi ma’muriy bino 1936–1939 yillarda, 1870-yillardagi inshoot poydevori ustida qurilgan.
Ilk davrda bu yerda Kiyev maxsus harbiy okrugi shtabi, keyinchalik esa Ukraina Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi faoliyat yuritgan.