Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida 14 fevral kuni ikkita Cobalt Hyundai’ni yo‘l chetiga qisib to‘xtatib, haydovchi va yo‘lovchilarni kaltakladi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bir guruh notanish shaxslar avtomobil oldiga kelib, haydovchi hamda yo‘lovchilarga nisbatan kuch ishlatgan. Oqibatda Qarshi shahri va tumanida yashovchi 1982, 1987 va 1989 yillarda tug‘ilgan tadbirkorlarga tan jarohatlari yetkazilgan, shuningdek, avtomashinaning o‘ng tomoni ko‘rsatkichi va old yon oynasi sindirilgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tadbirlar natijasida gumonlanuvchilar topilgan. Ularning orasida Toshkent shahrining Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida yashovchi, shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 1990–2004 yillarda tug‘ilgan jami 7 nafar shaxs borligi ma’lum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi uchinchi qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilardan uch nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, qolganlari yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
IIV jamoat joylarida sodir etiladigan bezorilik harakatlari jamoat tartibiga tajovuz sifatida baholanishini va bunday qilmishlar qonuniy javobgarliksiz qolmasligini eslatdi.