Meksikada “Xalisko yangi avlodi” narkokarteli a’zolari bilan to‘qnashuvlar natijasida kamida 25 nafar Milliy gvardiya harbiysi halok bo‘ldi.
Reuters xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat xavfsizlik vaziri Omar Garsiya Xarfuch matbuot anjumanida ma’lum qilgan. Shuningdek, bir nafar shtat prokuraturasi xodimi ham halok bo‘lgan.
Kartel yetakchisi Nemesio Osegera Servantes (“El Mencho” laqabi bilan tanilgan) Meksikada eng ko‘p qidiruvda bo‘lgan narkobaronlardan biri edi. AQSh uning joylashuvi haqida ma’lumot bergan shaxsga 15 million dollar mukofot va’da qilgan.
Uning o‘limidan so‘ng kartel a’zolari qasos olishga va’da bergan. Mamlakatning sakkiz shtatida tartibsizliklar, ko‘cha janglari kuzatilib, jinoyatchilar yuk mashinalarini yoqib yuborgan va yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.