Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy: "AQSh Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni qayta boshladi"

Zelenskiy: "AQSh Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni qayta boshladi"

Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni qayta boshladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqda NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Biz razvedka ma’lumotlarining Kiyevga uzatilishi uchun juda minnatdormiz", deb javob berdi u bu haqda berilgan savolga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, razvedka ma’lumotlarini almashish "ma’lum bir vaqtga" to‘xtatilgan edi. Zelenskiy jarayon qachon qayta boshlanganini aniq aytmadi.

Ukraina rahbari shuningdek, Amerika delegatlari bilan muzokaralar kelasi haftada bo‘lib o‘tishiga umid bildirdi.

Kiritildi: 19:50 18.10.2026. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!