Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Ukrainada tinchlikka erishish rejasining asosiy bandini aytadi

AQSh Ukrainada tinchlikka erishish rejasining asosiy bandini aytadi

AQSh Ukrainada tinchlikka erishish rejasining asosiy bandi sifatida Evropaga Rossiya gazini xarid qilishni qayta tiklashni taklif etmoqchi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainada tinchlikni ta’minlash rejasining asosiy qismlaridan biri sifatida Evropa Ittifoqiga Rossiya gazini xarid qilishni qayta tiklashni taklif etmoqchi. Bu haqda The New York Times gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Amerika ma’muriyatining rejasi Evropa davlatlariga Rossiya gazini ancha katta hajmlarda xarid qilishni qayta boshlash taklifini o‘z ichiga oladi.

«Tramp ma’muriyati Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishilgan taqdirda, “Shimoliy oqim” suvosti gaz quvuri faoliyatini qayta tiklashni amalga oshirish oson bo‘lgan maqsad sifatida ko‘rib chiqmoqda», — deyiladi maqolada.

Shuningdek, AQSh prezidenti Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasida nazarda tutilgan ayrim choralarni qo‘llamaslikka ko‘rsatma bergani xabar qilindi. Ushbu qonun loyihasida Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri importga 500 foizgacha, Rossiyadan energiya resurslarini eng ko‘p xarid qiluvchi beshta mamlakat tovarlariga esa 100 foizgacha boj joriy etish taklif qilingan edi.

Bundan tashqari, o‘tgan hafta Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. Suhbatdan so‘ng u dizel yoqilg‘isi etkazib berish bo‘yicha yirik kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan.

Kelishuv doirasida AQSh Moliya vazirligi sanksiyalardan vaqtinchalik istisno joriy etgan. Bu qaror 2027 yil 7 aprelgacha amal qilishi belgilangan.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakning aytishicha, Moskva oktyabr oyida AQSh va jahon bozorlariga 300 ming tonna, noyabrda 500 ming tonna, dekabrda esa bir million tonnagacha dizel yoqilg‘isi etkazib berishga tayyor.

Donald Trampning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv nafaqat AQSH, balki butun dunyo uchun foydali bo‘lib, dizel yoqilg‘isi narxining sezilarli darajada pasayishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:06. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!