Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qishda elektr uzilishlari kutilmayapti — Energetika vazirligi

Qishda elektr uzilishlari kutilmayapti — Energetika vazirligi

Qishda O‘zbekistonda rejali uzilishlardan tashqari holatlarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi kutilmayapti. Bu haqda 14-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Energetika vazirligi vakili ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eskirgan tizimlarni modernizasiya qilish va yangilash uchun rejali ta’mirlash ishlari zarur. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, ishlar davomida yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari vaqtincha o‘chiriladi. Shu sababli iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatiladi. Aholi esa bunday uzilishlar haqida oldindan ogohlantiriladi.

“Bizlarda hozir kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yaxshi ketyapti. Xudo xohlasa, rejaviy uzilishlardan tashqari holatlarda elektr energiyasida uzilishlar bo‘lishi kuzatilmayapti”, — dedi Energetika vazirligi vakili.

2025 yilda O‘zbekistonda elektr ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha shikoyatlar ikki baravar kamaydi. Energetika vazirligiga 108,3 mingta murojaat kelib tushdi — bu o‘tgan yilga nisbatan uchdan bir qismga kam.

Kiritildi: Bugun 05:00. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!