Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakning aytishicha, AQShga dizel yoqilg‘isi yetkazib berish shartnomalar imzolanganidan keyin 15–20 kun ichida boshlanishi mumkin. Bu haqda u “Vesti“ axborot xizmatiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Novakning so‘zlariga ko‘ra, yoqilg‘i tijoriy shartlar asosida tankerlarda tashiladi.
U Rossiya uchun ichki bozorni neft mahsulotlari bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Eksportga esa faqat ortiqcha mahsulot yo‘naltiriladi.
Shuningdek, Novak AQSh bilan dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha kelishuv Rossiyadagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narxlarga ta’sir qilmasligini bildirdi.