Samarqand ikki yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi.
18–22 oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida, shuningdek, Registon, Afrosiyob va Ibn Sino kabi markaziy ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Haydovchilar aylanma yo‘llardan harakatlanishlari mumkin. Tezkor xizmat avtomobillari uchun istisno mavjud bo‘ladi.
Tadbirlar:
▪️19–20 oktyabr — Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh tashqi ishlar vazirlari, jumladan, Marko Rubio ishtirokida C5+1 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
▪️21–22 oktyabr — 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirokida bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon sammiti o‘tkaziladi.