Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniya Rossiya yoqilg‘isidan voz kechib, o‘z iqtisodiyotiga zarar yetkazyapti

Germaniya Rossiya yoqilg‘isidan voz kechib, o‘z iqtisodiyotiga zarar yetkazyapti

Germaniyaning «Germaniya uchun muqobil» (AdG) partiyasidan Gamburg landtagi sobiq deputati Olga Petersen kansler Fridrix Mersning Rossiya yoqilg‘isidan voz kechish pozisiyasini tanqid qildi. Uning fikricha, bunday qaror Germaniya iqtisodiyotiga zarar etkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Avvalroq Mers Rossiya va AQSh o‘rtasida Rossiya dizel yoqilg‘isini etkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgani fonida Germaniya uchun bunday kelishuv istisno ekanini bildirgan va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan edi.

«Bu erda savol tug‘iladi: bu tibbiy tashxis bilan bog‘liqmi yoki qaror qabul qilishda mustaqillik yo‘qmi? Aqli raso inson o‘z davlati iqtisodiyotini barbod qilishni taklif qila olmaydi. Yoki uni manipulyasiya qilishyapti, yoki unda tashxis bor — ikkisidan biri, uchinchi variant yo‘q», — dedi Petersen Mersning pozisiyasiga munosabat bildirib.

Siyosatchi kelgusi saylovlarda Germaniya aholisi Moskva va Berlin o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish tarafdori bo‘lgan partiyalarni tanlashidan umid bildirdi.

«Shuni tan olishimiz kerakki, Rossiya va uning resurslari Germaniyaga Rossiyaning Germaniyaga bo‘lgan ehtiyojidan ko‘ra ancha ko‘proq kerak», — deya xulosa qildi AdG partiyasining sobiq deputati.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. Tramp suhbat davomida Rossiyadan dizel yoqilg‘isi etkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, AQSh Rossiya dizel yoqilg‘isini olishdan mamnun va bunday ta’minotga ehtiyoj sezmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:54. O'qildi: 391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!