Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy: "AQSH, Rossiya va Xitoy yetakchilari uchrashuvidan oldin Abu-Dabida muzokaralar o‘tkazishni istardik"

Zelenskiy: "AQSH, Rossiya va Xitoy yetakchilari uchrashuvidan oldin Abu-Dabida muzokaralar o‘tkazishni istardik"

Ukraina tomoni AQSH, Xitoy va Rossiya yetakchilarining ehtimoliy uchrashuvidan oldin Abu-Dabida AQSh va Rossiya muzokara guruhlari bilan uchrashuv o‘tkazishni xohlamoqda.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlarga ma’lum qildi.

«Bu qanday uchrashuv bo‘lishini ko‘ramiz. Biz, eng avvalo, Abu-Dabida o‘z uchrashuvimiz bo‘lishini juda xohlardik», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Abu-Dabida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish AQSh tomoniga bog‘liq. Chunki Rossiya va Ukraina tomonlari bunday uchrashuvda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini allaqachon tasdiqlagan.

AQSH, Xitoy va Rossiya yetakchilari — Donald Tramp, Si Szinpin va Vladimir Putinning ehtimoliy uchrashuviga izoh berar ekan, Zelenskiy unda Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro muhokama qilinishi mumkinligini ta’kidladi.

Kiritildi: 15:35 28.10.2026. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!