AQSh hozircha Ukrainadagi Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimining to‘liq ishlashini tiklamagan.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy payshanba kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar va diplomatlar ushbu masala ustida ishlashda davom etmoqda.
«Ukraina tomoni amerikalik hamkorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va aloqa qachon tiklanishi bo‘yicha aniq ma’lumotni kutmoqda. Hozircha tizimning to‘liq imkoniyatlari tiklangani yo‘q va biz bu masala ustida ishlayapmiz. AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning javobini kutyapman. Uning aytishicha, buning uchun 48 soatdan ko‘proq vaqt talab etiladi va u ushbu masala bo‘yicha ma’lumot berishga va’da berdi», — dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti, shuningdek, Rossiya hujumlarni davom ettirayotganini va uning mamlakati AQSh yordamiga muhtoj ekanini ta’kidladi.
«Muloqot olib borish imkoniyati mavjudligi va Rossiyaning muzokaralarga tayyorligi — ijobiy holat. Shuning uchun Ukraina uch tomonlama aloqalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayniqsa, shunday og‘ir davrda AQShning pozisiyasi bizni yanada kuchaytirishi kerak», — deya ta’kidladi Zelenskiy.