Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donald Trampni Rossiyaning Yevropaga hujum qilish xavfi haqida ogohlantirganini ma’lum qildi.
"Amerikaliklar halok bo‘ladi," - dedi Zelenskiy.
Shuningdek, u Ukrainaga 100 ming tinchlikparvar kuch zarurligini ta’kidladi.
***
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev ishtirokisiz Moskva va Vashington o‘rtasida tuzilgan hech qanday kelishuvni Ukraina qabul qilmasligini bildirdi.
"Bugun Putinning rejasi bo‘yicha ishlar ketmasligini ta’minlash muhim, u muzokaralarni ikki tomonlama [AQSh bilan] qilish uchun hamma narsaga tayyor," - dedi Zelenskiy Reuters agentligi xabar berganidek.
Uning aytishicha, urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar jarayonida Yevropa davlatlari ham ishtirok etishi lozim.
Zelenskiy kecha AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni sharhladi va Trampning avval Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilganini ustuvorliklar ko‘rsatkichi deb hisoblamasligini aytdi, biroq bu holat unga yoqmagan.