Bugun 13 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Moskvadagi migrantlar yotoqxonasida meningit tarqaldi

Moskvadagi migrantlar yotoqxonasida meningit tarqaldi

Rossiyaning Moskva shahridagi «Kutuzov» yotoqxonasida migrantlar orasida meningit infeksiyasi tarqaldi.

Mash xabariga ko‘ra, migrantlar meningitga qarshi emlangan, shundan keyin meningokokk infeksiyasi avj olgan.

Qayd qilinishicha, meningokokka qarshi «Menaktra» vaksinasi qo‘llangan. Ba’zi migrantlarda in’eksiyadan keyin bosh og‘rig‘i va isitma qo‘zg‘algani qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi, shuningdek, Tojikistonning bir nafar fuqarosi shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.

Kiritildi: Bugun 02:50. O'qildi: 1606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!