Bugun 13 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Erdo‘g‘on Isroildan 100 mlrd dollar tovon talab qildi

Erdo‘g‘on Isroildan 100 mlrd dollar tovon talab qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorini sotib olib, uning ustidan nazorat o‘rnatishi va keyin arab davlatlari yordamida qayta tiklashi mumkinligini aytgandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va HAMAS mazkur rejani qoraladi.

“Hech kim Falastin xalqini ikkinchi Nakbani boshidan kechirishga majburlay olmaydi”, deya ta’kidladi Erdo‘g‘on. U G‘azodagi vayronagarchiliklar uchun Isroildan 100 milliard dollar tovon to‘lashni talab qildi.

G‘azodagi vayronagarchiliklar ko‘lami 100 milliard dollarga baholanmoqda. Buning uchun Isroil va Netanyaxu hukumati javobgardir. Isroil hukumati avvalo vayronagarchiliklar uchun to‘lovni amalga oshirishi, so‘ngra G‘azoni qayta tiklash jarayonini boshlashi kerak. Netanyaxu o‘z yerlaridan ko‘chira olmagan G‘azo aholisi uchun joy izlash o‘rniga, G‘azoga yetkazgan 100 mlrd dollarlik zararni qoplash manbalarini topishi lozim, deya ta’kidladi Turkiya prezidenti.

Siyosatchi “Isroil tortib olingan uylar, yerlar va ish o‘rinlarini ularning qonuniy egalari — falastinliklarga qaytarishi shart”ligini ta’kidladi. Erdo‘g‘on islom dunyosi mamlakatlarini G‘azo hududini qayta tiklashga imkon qadar hissa qo‘shishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 02:35. O'qildi: 1213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!