Britaniyalik sayyohlar sevadigan Tenerife oroli qirg‘oqlarida qo‘rqinchli chuqur dengiz maxluqi kuzatilgan.
Vahimali videotasvirda tadqiqotchilar dahshatli chuqur dengiz jonivorini uchratgan lahza ko‘rsatilgan. Bu, ehtimol, suv yuzasiga juda yaqin bo‘lgan voyaga yetgan baliqning birinchi videoyozuvi bo‘lishi mumkin.
Olimlarning fikricha, bu tadqiqotchilar orasida Melanocetidae oilasiga mansub Melanocetus johnsonii nomi bilan tanilgan, yunonchasiga "qora dengiz maxluqi" deb ataladigan voyaga yetgan abissal baliqning ilk bor kuzatilishi bo‘lishi mumkin.
Odatda Iblis yoki Demon deb ataladigan bu yirtqichning dahshatli o‘tkir tishlari bor va urg‘ochilarining orqa qismida hech narsadan shubhalanmagan o‘ljani jalb qilish uchun ishlatiladigan biolyuminessent simbiotik bakteriyalar to‘la o‘simtasi mavjud.
U Ispaniyaning Kanar orollaridagi eng katta orol - Tenerife qirg‘oqlarida topilgan.
Condrik Tenerife nodavlat tashkilotining olimi, fotosuratchi David Jara Boguña uchrashuv videosini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi va unga Endryu Lloyd UEbberning "Phantom of the Opera: Overture" asarini munosib dahshatli fonogram sifatida tanladi.
Boguña Instagram’dagi postida bu maxluq "juda kam odamlar tirik holda kuzatish imtiyoziga ega bo‘lgan afsonaviy baliq" ekanligini yozdi va uning fikriga ko‘ra, bu voyaga yetgan nusxaning birinchi marta "tirik holda, yorug‘ kunda va suv yuzasida" ko‘rinishi bo‘lgan.
The Independent gazetasining xabar berishicha, bu jonzot nodavlat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan "Shark Research Campaign" tadqiqot kampaniyasi davomida ko‘rilgan. Tashkilot odatda 200 dan 2000 metrgacha chuqurlikda yashaydigan bu baliqning nima sababdan sayoz suvlarga chiqqanini aniq bilmaydi.
Condrik Tenerife buning sababi "kasallik, yuqori oqim, yirtqichdan qochish va hokazo" bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.