AQSh va Isroil Eronga zarba berishga jur’at etsa, Eron yuz barobar ko‘proq yadro ob’ektlari quradi.
Bu haqda Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pezeshkian Busher viloyatiga qilgan tashrifi paytida ma’lum qildi.
"Ular (AQSh va Isroil) yadro markazlarimizga zarba berish bilan tahdid qilmoqda. Ular binolarga zarba berishlari mumkin, lekin ularni bunyod etayotgan aql-idrokka zarba bera olmaydi. Yuzta markazga zarba berishsin, minglab shunday markazlar qaytadan quriladi," - dedi Eron prezidenti.
Bundan oldin The Wall Street Journal gazetasi AQSh razvedka agentliklarining ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil Tehronning zaifligidan foydalanish maqsadida 2025 yilda Eronning yadro ob’ektlariga keng ko‘lamli zarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.