Bugun 14 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Andijonda er xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Andijonda er xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Kecha, 12 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yil 5 fevral kuni fuqaro S.M. turmush o‘rtog‘i J.M. bilan o‘zaro janjal oqibatida xo‘jalik pichog‘i bilan uni qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va S.M. prosessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bildirilishicha, jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov harakatlari alohida nazoratga olingan, tergov xarakatlari davomida ishga oid barcha holatlar tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 15:25 13.02.2025. O'qildi: 1145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!