Bugun 14 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Putin bilan uchrashish mumkin bo‘lgan sanani aytdi

Tramp Putin bilan uchrashish mumkin bo‘lgan sanani aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvning aniq vaqti hali aniqlanmaganini, biroq u "uzoq bo‘lmagan kelajakda" bo‘lib o‘tishini taxmin qilmoqda.

Bu haqda Amerika rahbari Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

"Biz Saudiya Arabistonida ilk bor uchrashamiz. Keling, buni qanday qilishimizni ko‘ramiz", - dedi u.

Reuters avvalroq Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud uchrashuvni tashkillashtirishda ishtirok etgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federasiyasi va AQSh yetakchilari telefon orqali muloqot o‘tkazgan va unda Ukraina kelishuvi, mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuvlar, Moskva va Vashington o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik, Yaqin Sharqdagi vaziyat, Eron yadroviy dasturi muhokama qilingan edi.

Kiritildi: 10:10 13.02.2025. O'qildi: 1199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!