Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Donald Trampning Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga tashrif buyurishi mumkinligi haqida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan suhbatdan so‘ng fikr bildirdi.
"Yo‘q, bu hali taklif degani emas. O‘zaro taklif mavjud, prezidentlar bu haqda tilga olishgan, ammo hozircha bu borada aniq hech narsa yo‘q," dedi Peskov.
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, "o‘zaro takliflar almashish bir narsa, alohida ikki tomonlama uchrashuvga e’tibor qaratish esa boshqa narsa."
12 fevral kuni Putin Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi. Ikki davlat rahbarining muloqoti deyarli bir yarim soat davom etdi. Prezidentlar "Ukrainadagi urushni tugatish zarur" degan xulosaga kelishdi. Putin ta’kidlaganidek, "Ukrainadagi uzoq muddatli tinchlikka muzokaralar yo‘li bilan erishish mumkin."
Shu bilan birga, Rossiya rahbari "mojaroning asl sabablarini bartaraf etish" uchun harakat qildi va amerikalik hamkasbi aytgan "AQSh va Rossiya hamkorlikda ishlash payti keldi" degan fikrni qo‘llab-quvvatladi. Bundan tashqari, Putin Trampni Moskvaga taklif etdi.