Bugun 14 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Avstriya o‘z qizini yerto‘lada saqlagan va 24 yil zo‘rlagan manyakni ozod qilishi mumkin

Avstriya o‘z qizini yerto‘lada saqlagan va 24 yil zo‘rlagan manyakni ozod qilishi mumkin

O‘z qizini 24 yil yerto‘lada saqlagan va zo‘rlagan avstriyalik ketma-ket qotil Yozef Fritsl 2026 yilgacha shartli ozodlikka chiqishi mumkin.

Bu haqda Britaniyaning Mirror nashriga mahbusning advokati Astrid Vagner ma’lum qildi.

2024 yilning may oyida 89 yoshli Fritsl jinoyatchilar uchun psixiatriya shifoxonasidan oddiy qamoqxonaga o‘tkazildi. Shundan so‘ng sud manyak endi xavfli hisoblanmaydi va uni psixiatriya markazida saqlashga hojat yo‘q, degan qarorga keldi.

"Biz mart oyida sud jarayonini boshlaymiz va shartli ravishda ozod qilishni so‘raymiz, agar sud buni rad etsa, biz apellyasiya beramiz va uning ahvolini inobatga olib, kelasi yilga qadar ozodlikka chiqishiga ishonaman" - dedi Vagner.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fritsl ozodlikka chiqqanida uni iliq kutib olishiga va "musiqa bilan katta bayram" o‘tkazishiga ishonadi. Shu bilan birga, advokat erkak har kuni qilgan jinoyatidan pushaymonligini qayd etdi.

Vagnerning qo‘shimcha qilishicha, qarindoshlar endi Fritsl bilan muomala qilishni xohlamaydilar.

2008 yil aprel oyida butun dunyo o‘z qizi Elizabetani Vena shahridan 130 km uzoqlikda joylashgan Amstetten shahridagi o‘z uyining podvalidagi maxsus qurilgan beton kamerada 24 yil davomida saqlagan manyak Fritslning hayratlanarli hikoyasi ma’lum bo‘ldi. Jinoyatchi qizini zo‘rlash va noqonuniy qo‘lga olishda ayblangan, u bilan yetti nafar farzand ko‘rgan, ulardan hech biri tirik qolmagan.

Kiritildi: 10:55 13.02.2025. O'qildi: 1238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!