Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Zaxarova Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish muhimligini qayd etdi

Zaxarova Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish muhimligini qayd etdi

Rossiya Federasiyasi Suriya suvereniteti, birligi va hududiy yaxlitligiga qat’iy rioya qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bu haqda “Anadolu” muxbiriga Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Isroilning Suriyadagi siyosiy o‘zgarishlar davridagi xatti-harakatlari, jumladan, Golan tepaliklarida mavjudligini sharhlar ekan, ma’lum qildi.

“Biz bu haqda ko‘p marta gaplashganmiz. Suriyadagi vaziyatga kelsak, biz bu davlat suvereniteti, birligi va hududiy yaxlitligiga qat’iy rioya qilish zarurligidan kelib chiqamiz”, — dedi rossiyalik diplomat.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, “hozirgi murakkab sharoitda jahon hamjamiyatining barcha a’zolari mas’uliyatni namoyon etishi va xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy rioya qilishi, Suriyadagi keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan qadamlardan qochishi kerak”.

“Bu, shuningdek, Golan tepaliklaridagi harakatlari 1974-yilda Suriya-Isroil o‘rtasida qo‘shinlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuv shartlarini buzayotgan Isroilga ham tegishli”, dedi u.

Kiritildi: 08:27 28.02.2025. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!