Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zaporojye shahridagi “Motor sich” korxonasi rahbari Vyacheslav Boguslayev qo‘lga olindi

Zaporojye shahridagi “Motor sich” korxonasi rahbari Vyacheslav Boguslayev qo‘lga olindi

Ukraina huquq-tartibot idoralari Zaporojye shahrida “Motor sich” korxonasi rahbari Vyacheslav Boguslayevni qo‘lga oldi. Bu haqda “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati raisi Vladimir Rogov ma’lum qildi.

"Motor sich" samolyot va sanoat gaz turbinalari uchun dvigatellar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biridir. Avvalroq Rogov Rossiya Qurolli kuchlari 4 oktyabr kuni zarba bergan Zaporojedagi zavodda o‘q-dorilar ombori borligi, harbiy texnikalar ishlab chiqarilayotgani va ta’mirlanayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 09:15 23.10.2022. O'qildi: 2350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!