Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Zaporojye AES yaqinida portlashlar sodir bo‘lgani aytilmoqda

Zaporojye AES yaqinida portlashlar sodir bo‘lgani aytilmoqda

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) guruhi Zaporojye AES uchastkasi yaqinidagi yordamchi inshootlardan birida portlash va tutun chiqqanini qayd etdi.

Bu haqda agentlik bosh direktori Rafael Grossi bayonotida ma’lum qilingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zaporojye AES ma’muriyati vakillari MAGATEga ob’ekt soat 9:00 dan beri, jumladan, dronlardan ham o‘qqa tutilgani haqida ma’lum qilgan.

Bayonotda qayd etilishicha, yordamchi inshoot Zaporojye AES uchastkasidan 1200 metr uzoqlikda joylashgan.

"Bu o‘tgan haftalar va oylar ichida sodir bo‘lgan bir qator hodisalarning so‘nggisi bo‘lib, bu Zaporojye AESidagi harbiy mojaro paytida yadro xavfsizligiga potensial tahdidlarni yana bir bor ta’kidlaydi. Atom elektr stansiyasi yaqinidagi har qanday hujum yadro xavfsizligiga potensial tahdid tug‘diradi va uning oldini olish kerak", - deya ta’kidladi Grossi yozma bayonotida.

Kiritildi: 10:15 03.08.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!