Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zangiota tumanida qo‘lbola usulda taniqli brend nomi ostidagi gigiyenik kosmetika va maishiy kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish holati fosh etildi

Zangiota tumanida qo‘lbola usulda taniqli brend nomi ostidagi gigiyenik kosmetika va maishiy kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.SH. va Q.N. (muqaddam sudlangan) Nayman MFY hududidagi binoda yashirin sex tashkil qilib, gigiyenik kosmetika va maishiy kimyoviy vositalarni ishlab chiqarayotganliklari aniqlanib, ulardan 2 tonna “AZELIT” suyuqligi, 200 litr “CLEAR” shampun, “Elseve” nomi tushirilgan 4 800 dona, “AZELIT” nomli 2 040 dona, “CLEAR” nomli 1 400 dona bo‘sh idishlar, 79 ta o‘ramda 6 turdagi tovar belgisi etiketkalari va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-11-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish,saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:25 08.08.2026. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!