Ukrainada prezidentlik saylovlari yaqin orada o‘tkazilganida, ikkinchi bosqichga Zelenskiy hamda Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, hozirda Buyuk Britaniyadagi elchi Valeriy Zalujniy chiqqan bo‘lar edi. Bu haqda "Sosis" ijtimoiy va marketing tadqiqotlari markazining 6 avgust kuni e’lon qilingan so‘rovnoma natijalari dalolat bermoqda.
Birinchi bosqichda saylovchilarning 22,3 foizi Zelenskiy uchun, 21,4 foizi esa Zalujniy uchun ovoz bergan bo‘lardi. Biroq ikkinchi bosqichda Zalujniy 66,2 foiz natija bilan Volodimir Zelenskiyni (33,8 foiz) mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lar edi.
Kuchli beshlikka, shuningdek, sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorov (13,1 foiz), Prezident ofisi rahbari Kirill Budanov (8,3 foiz) va sobiq prezident Pyotr Poroshenko (6,1 foiz) kirgan. E’tiborlisi, agar Fyodorov yoki Budanov ikkinchi bosqichga chiqqanida, ular ham Zelenskiyni shunga o‘xshash farq bilan ortda qoldirgan bo‘lardi. Poroshenko bilan bellashuvda esa, aksincha, Volodimir Zelenskiy katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan bo‘lardi.