Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

"Yuventus" Turkiya terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

"Yuventus" Turkiya terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Italiyaning "Yuventus" klubi Turkiya terma jamoasi himoyachisi Zeki Chelik bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda Turin klubining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

29 yoshli futbolchining shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Chelikning so‘nggi klubi "Roma" bo‘lib, u yerda 2022 yil yozidan beri o‘ynab keladi. Turkiyalik futbolchi shartnomasi tugashi munosabati bilan bu yozda "bo‘rilar"ni tark etdi. O‘tgan mavsumda Chelik barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 14 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 07:21 17.07.2026. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!