Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy "Shimoliy oqim 2" gaz quvurlarni portlatish operasiyasini rejalashtirishganmidi?

Zelenskiy "Shimoliy oqim 2" gaz quvurlarni portlatish operasiyasini rejalashtirishganmidi?

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevning Nord Stream 1 va Nord Stream 2 gaz quvurlarini portlatish operasiyasini rejalashtirish yoki amalga oshirishda ishtirok etgani haqidagi da’volarni rad etdi.

Ukraina rahbari bu haqda Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytdi.

"Kiyev voqeaning barcha holatlarini aniqlash uchun sheriklar bilan birgalikdagi sa’y-harakatlarga ochiq; Ukraina huquqni muhofaza qilish organlari allaqachon bu hamkorlikda ishtirok etgan. Bu Ukraina tomoni bu masalani Germaniya bilan yuqori darajada muhokama qilgan birinchi holat emas. Ular Ukraina ushbu operasiyani amalga oshirish yoki rejalashtirish ortida turmaganligini yaxshi bilishadi. Hozirda tergov olib borilmoqda, uning davomida ayblovlar qo‘yilmoqda va guvohlar so‘roq qilinmoqda. Bundan tashqari, fuqarolar, jumladan, ukrainaliklar bilan bog‘liq holatlar tekshirilmoqda. Bosh prokuratura va Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bu masalani ko‘rib chiqmoqda va o‘z sheriklari bilan doimiy aloqada. Biz hamma narsaga ochiqmiz. Ukraina uchun to‘liq ko‘lamli urush boshlanganidan beri uni qo‘llab-quvvatlab kelgan Yevropa mamlakatlarining sherikligi va ishonchini yo‘qotmaslik muhim", dedi Ukraina rahbari.

Gaz quvuridagi portlashlar 2022 yil sentyabr oyida, Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan yetti oy o‘tgach sodir bo‘lgan va Nord Stream 1 va Nord Stream 2ning to‘rtta liniyasidan uchtasiga zarar yetkazgan.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!