Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Eronda yirik gaz koni topildi

Eronda yirik gaz koni topildi

Eronning janubiy Fors viloyatida yirik gaz koni topildi, bu mamlakat uchun o‘nlab milliardlab dollar daromad keltirishi mumkin.

Bu haqda Eron neft vaziri Mohsin Paknejad e’lon qildi.

"Fors viloyatining janubidagi Tahta konida topilgan gaz kam oltingugurtga ega, bu esa ishlab chiqarish va ekspluatasiya xarajatlarini kamaytiradi", deb ta’kidladi u.

Konda 212 milliard kubometr gaz borligi taxmin qilinmoqda, shundan 161 milliard kubometrini qazib olish mumkin. Paknejadning so‘zlariga ko‘ra, bu hajm Janubiy Pars konining bir bosqichidan taxminan 15 yillik ishlab chiqarishga teng.

Bundan tashqari, vazir konda katta miqdordagi gaz kondensati borligini ta’kidladi: "Gazdan tashqari, bu konda o‘nlab milliard dollarlik ulkan gaz kondensati topilgan".

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!