«Manchester Yunayted» futbolchisi Meyson Grinvud faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
«Yuventus» angliyalik futbolchi transferi uchun «qizil iblislar»ga 40 million yevro to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgan. Hozircha muzokaralar davom etmoqda va katta ehtimol bilan MYu ushbu summaga rozi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida "Xetafe"da o‘tkazdi va 36ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist qayd etdi.