Italiyaning «Yuventus» futbol klubi Tiago Mottani bosh murabbiylikdan iste’foga chiqardi.
Uning o‘rniga tayinlangan Igor Tudor 24 mart kuni jamoa bilan ilk mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Tudor avval Andrea Pirloning yordamchisi bo‘lgan.
Shartnoma muddatidan oldin bekor qilingani uchun Motta €20 mln oladi. Uning qo‘l ostida «Yuventus» 29 o‘yindan so‘ng 52 ochko to‘plab, A seriyada 5-pog‘onada bormoqda.