Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubileyi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu anjuman 2025 yilning 5-9 aprel kunlari “Tashkent City” hududidagi Kongress-xoll majmuasida o‘tkaziladi.
“Unda dunyoning 180 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, yig‘ilishning asosiy mavzusi “Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati” bo‘lib, unda kambag‘allikni bartaraf etish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy inklyuziyani qo‘llab-quvvatlash va qaror qabul qilish jarayonida kamsitilgan guruhlar ishtirokini oshirish kabi masalalar muhokama qilinadi.
Xabarga ko‘ra, assambleya so‘nggida Parlamentlararo ittifoqning rezolyusiyalari va Toshkent deklarasiyasi qabul qilinadi.