Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Yurtimizda koronavirus bo‘yicha yana rekord natija qayd etildi

Yurtimizda koronavirus bo‘yicha yana rekord natija qayd etildi

Bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 784 nafari sog‘aydi. 

Jumladan, bemorlarning 467 nafari Toshkent shahrida, 184 nafari Toshkent viloyatida, 41 nafari Andijon viloyatida, 32 nafari Qashqadaryo viloyatida, 22 nafari Xorazm viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 30 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 743 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 14 464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:33 31.07.2020. O'qildi: 6960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!