Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yurtimizda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yurtimizda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi 10—13 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—11 sentyabrda 8—13 daraja, 12—13 sentyabrda 10—15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 20—25 daraja, 11—13 sentyabrda 23—28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—11 sentyabrda 8—13 daraja, 12—13 sentyabrda 10—15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 22—27 daraja, 11—13 sentyabrda 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8—13 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 20-—5 daraja, 11 sentyabrda 23—28 daraja, 12—13 sentyabrda 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10—15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 23—28 daraja, 11—13 sentyabrda 26—31 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11—13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8—13 daraja, kunduzi 10 sentyabrda 15—20 daraja iliq, 11 sentyabrda 20—25 daraja, 12—13 sentyabrda 22—27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 11—13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10—12 sentyabrda 3—8 daraja, 13 sentyabrda 6—11 daraja, kunduzi 10 sentyabrda 10—15 daraja, 11—13 sentyabrda 15—20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Kiritildi: 12:10 09.09.2019. O'qildi: 2340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!