Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yurgen Klopp Alonsoning «Real»dan ketishiga munosabat bildirdi

Yurgen Klopp Alonsoning «Real»dan ketishiga munosabat bildirdi

Mashhur germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi lavozimidan Xabi Alonsoning iste’foga chiqarilishi fonida «Real» klubidagi vaziyat haqida o‘z fikrini bildirdi. Mutaxassis jamoa Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyingi kuni ishdan olingan edi.

«Agar Leverkuzenda ikki yildan ortiq vaqt davomida o‘zining yuksak murabbiylik mahoratini namoyish etgan Xabi Alonso “Real Madrid"ni bor-yo‘g‘i olti oy ichida tark etishga majbur bo‘lsa, bu klubda hammasi joyida emasligini ko‘rsatadi», — deya Kloppning so‘zlarini Spox nashri keltirdi.

Xabi Alonso «Real»ni 2025 yil yozidan beri boshqarib kelayotgan edi. Ungacha u «Bayer»da faoliyat olib borgan. «Qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi etib madridliklarning yana bir sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa tayinlandi. Shuningdek, avvalroq Klopp madridliklar bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlardan biri sifatida tilga olingan edi.

Kiritildi: Bugun 11:21. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!