Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan ilohotlar va kelgusi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Hususan, Yuqori Chirchiq tumanida 400 gektar maydonda qiymati 5 milliard dollar bo‘lgan “Tashkent Medical Smart City” xalqaro innovasion tibbiyot shaharchasini barpo etish rejasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Nurafshon shahrida 35,4 million dollarlik Kelajak texnologiyalari markazini tashkil etish, 100 dan ortiq xorijiy AT kompaniyani jalb qilish loyihalari ko‘rib chiqildi.
2025 yilda viloyat YAIMi 7,1% o‘sgan bo‘lsa, 2026 yilda uni 9,1%ga oshirish rejalashtirilgan.