Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan 2026 yil 4 aprel kuni fuqaro S.R. Tillavoldiyevning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Ismanov Isomiddin Baxriddinovich ariza muallif S.R. Tillavoldiyevga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun Andijon viloyati, Bobur shahri hududidagi davlat zahirasida bo‘lgan 20 sotix yer maydonini “Fazliddin” ismli Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘iga berib, auksionga qo‘ydirib, auksionga chiqqan yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishini va kelgusida ushbu joyda qurilish uchun ruxsatnoma olib berishini aytib, evaziga har bir sotix yer uchun 2 500 AQSh dollaridan jami 50 000 AQSh dollari miqdorida pul berishi kerakligini talab qilib, pora berishga dalalat qilgan.

Shu kuni soat 20:30larda fuqaro S.R. Tillavoldiyevdan kimyoviy ishlov berilgan 50 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini Andijon shahar “Dalvarzin” MFY, Farovon ko‘chasidagi o‘zining yashash uyida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2026 yil 5 aprel kuni I.B. Ismanovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 030022/2026-4-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. B. Ismanov JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, Andijon viloyati IIB JXX JTSB VSXga joylashtirilgan.

Ma’lumot uchun: I.B. Ismanov 2022–2025 yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, 2025 yil may oyidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti, tezkor vaziyatni tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab, 2025 yil dekabr oyida kadrlarning amaldagi zaxirasiga o‘tkazilib, Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Kiritildi: 14:27 05.04.2026. O'qildi: 1048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!