Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil Tehrondagi yahudiylar ibodatxonasiga zarba berdi

Isroil Tehrondagi yahudiylar ibodatxonasiga zarba berdi

Tehron markazida joylashgan Rafi-Nia ibodatxonasi Isroil havo hujumlari nishoniga aylandi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bag‘ayi bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.

"Tehron markazidagi Rafi-Nia ibodatxonasi Isroil tomonidan hujumga uchradi; 70 yillik ibodatxona vayron qilindi", dedi Bag‘ayi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron yahudiy jamoasining parlamentdagi vakili Humayun Sameh hujum yahudiylarning Pasxa bayrami paytida sodir bo‘lganini esladi.

"Erondagi yahudiy ibodatxonasiga qilingan hujum, masjidlar, cherkovlar, maktablar, kasalxonalar, turar-joy hududlari va Eronning sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasiga qilingan hujumlar singari, Eronning mavjudligi, o‘ziga xosligi va sivilizasiyasiga qarshi jinoyatdir", deb ta’kidladi Bag‘ayi.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!