Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1992 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, hozirda poytaxtdagi nodavlat oliy ta’lim muassasasining 2-bosqich talabasi Yangihayot tumanidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, moddiy manfaatdorlik evaziga, 2014–2021 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 9 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq berib kelgan.

Tekshiruv jarayonida 49 dona turli diniy mazmundagi kitoblar, 24 dona diniy darsliklar yozilgan daftarlar hamda 1 dona noutbuk ashyoviy dalil sifatida olindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarga majburiy ravishda saboq berilgan, ayrim hollarda esa ularga turli darajada tan jarohatlari ham yetkazilgan.

Shuningdek, bolalardan 6 nafari 2 oydan 8 oygacha umumta’lim maktabidagi darslarga bormagan, aksincha, majburan uyda saqlanib, hatto ularga ko‘chaga chiqishga ham ruxsat berilmagan.

Hozirda ushbu manzildan olingan diniy adabiyotlar va kompyuter texnikasi yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlanib, qonunbuzar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 229²-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, bolalarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Kiritildi: Bugun 15:58. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!