Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron OAV e’lon qilgan reja AQSh bilan kelishilgan variantga mos emas

Eron OAV e’lon qilgan reja AQSh bilan kelishilgan variantga mos emas

Eron ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejasi AQSh bilan kelishilgan hujjatga mos kelmaydi. Bu haqda AFP Oq uy rasmiysiga tayanib xabar berdi.

«OAVda tarqalgan hujjat ishchi reja emas. Biz muzokaralarni jarayonga hurmat yuzasidan ochiq olib bormaymiz», — dedi manba.

AFP qayd etishicha, Eron davlat OAVlari bugun 10 banddan iborat rejani e’lon qilgan. Unda, jumladan, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan Eron nazoratini saqlab qolish, mamlakatga qarshi xalqaro sanksiyalarni bekor qilish va uranni boyitish huquqini «tan olish» kabi shartlar bor. Nashr ta’kidlashicha, bu bandlar Vashingtonning rasmiy pozisiyasiga zid keladi.

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda muhokama qilinayotgan haqiqiy rejada Eron xavfsizligiga kafolat berish, Isroilning Livandagi «Hizbulloh»ga qarshi hujumlarini to‘xtatish va barcha sanksiyalarni bekor qilish nazarda tutilgan. Evaziga Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish majburiyatini olishi kerak. Hujjatning to‘liq matni hali e’lon qilinmagan.

Kiritildi: 23:35 08.04.2026. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!