Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Olimpiya o‘yinlari chempioni, mashhur bokschimiz Bahodir Jalolov bergan intervyularidan birida erkak kishining hayotidagi eng katta to‘siqlar va muvaffaqiyat omillari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Muvaffaqiyatning ikki dushmani

Chempionning ta’kidlashicha, erkak kishining irodasini bukadigan asosiy jihatlar mavjud:

“Erkak kishini ikki narsa sindiradi — ayollar va ichkilik. Agar shu ikki omildan uzoq yursa, erkak hamma narsani yenga oladi, har qanday maqsadiga erishadi. Alloh ham uning yo‘lini ochadi”.

Jalolovning fikricha, inson o‘z nafsini jilovlay olsa va zararli odatlardan tiyilsa, uning ishlarida rivoj va baraka bo‘ladi.

“Yulduzlik kasali” va hayotiy tamoyillar

Shuningdek, Bahodir Jalolov o‘z shaxsiy tajribasi va amal qiladigan tamoyillari bilan o‘rtoqlashdi:

“Men o‘zimni shu ikki narsadan uzoq tutganman. Eng muhimi — yulduzlik kasaliga chalinmaslik. Inson avvalo Allohdan shuni so‘rashi kerak. Qolganini Allohning o‘zi to‘g‘rilab, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi”.

Kiritildi: Bugun 19:15. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!