22 apreldan masofaviy moliyaviy xizmatlarda xavfsizlik bo‘yicha qanday yangiliklar kiritiladi? Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berib o‘tdi.
Ko‘pchilik «Telefon raqam o‘z nomimda bo‘lmasa, ilovadan foydalanish imkonsiz» deb hisoblamoqda. Aslida esa 22 apreldan faqat yangi mijozlar uchun tadbiq etiladi:
- telefon raqami, JSHSHIR va bank karta kimga tegishli — bir-biriga mos keladimi yoki yo‘q.
Agar barcha ma’lumotlar o‘zaro mos bo‘lsa — hech qanday muammo yuzaga kelmaydi va siz ilovadan odatdagidek foydalanishda davom etasiz.
Agar telefon raqam ota-onam, opam yoki qizim nomida bo‘lsa-chi? Agar telefon raqam yaqin qarindoshingiz nomida bo‘lsa: bularga ota- ona, opa - singil, turmush o‘rtog‘i, farzand kiradi. Bunda siz ilovadan foydalanishda davom etishingiz mumkin. Ya’ni, yaqinlar o‘rtasida bu tartib hech qanday muammo tug‘dirmaydi.
Qachon muammo kelib chiqishi mumkin?
Muammo faqat bitta holatda paydo bo‘ladi: Agar telefon raqam yoki bank karta sizga umuman aloqasi bo‘lmagan begona shaxs nomida bo‘lsa. Masalan:
- begona odam nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqam;
-boshqa odamning bank kartasi.
Bu yangilik hamma uchun amal qiladimi?
Yo‘q.
Bu tartib asosan 22 apreldan keyin yangi ro‘yxatdan o‘tadiganlar uchun. Agar siz allaqachon ilovadan foydalanayotgan bo‘lsangiz — hammasi avvalgidek qoladi.