Joriy yilning 31 iyul kuni Yunusobod tumanida bolalar maydonchalari va sport o‘yingohlari hududlaridagi qurilish holatlari o‘rganildi.
Xususan, Amir Temur Shoh ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan 271-sonli maktab hududidagi ob’ekt ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida maktab hududidagi yer uchastkasi hamda bino-inshootlar amaldagi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, hududda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni yoki noqonuniy qurilmalar mavjud emasligi aniqlandi.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bitimi va ijara shartnomasi asosida "ASIAN SCHOOL" MCHJga 4 ming kvadrat metr yer maydoni ijaraga berilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, tunuka bilan o‘ralgan hudud demontaj qilinib, yer uchastkasi avvalgi holatiga qaytarildi.
✅ Hududlarda qonuniylikni ta’minlash, bolalar maydonchalari va ijtimoiy ob’ektlarning daxlsizligini saqlash bo‘yicha nazorat ishlari izchil davom ettiriladi. Har bir holat qonuniy asosda ko‘rib chiqilib, adolat ta’minlanadi.