Bugun 2 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi — The Telegraph

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi — The Telegraph


Nashr manbalariga ko‘ra, UEFA'ga a’zo bo‘lgan barcha 55 milliy assosiasiya, agar Infantino o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqmasa, uni ishonchsizlik votumi orqali lavozimidan chetlatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Qayd etilishicha, bunday ovoz berish jarayonini boshlash uchun UEFA'ning kamida 43 a’zosi roziligi yetarli hisoblanadi.

"FIFA'ning sobiq prezidenti Zepp Blatter bilan bog‘liq korrupsiya mojarolari davrida Infantino UEFA'ni FIFA'dan ajratib olish va muqobil xalqaro futbol tashkilotini tuzish g‘oyasini yashirincha ishlab chiqqan. Ayni vaqtda esa UEFA xuddi shunday yondashuvni Infantinoning o‘ziga nisbatan qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda", deyiladi xabarda.

Avvalroq Janni Infantino va FIFA tanqidlar hamda turnirni boykot qilish tahdidlari sabab JCh huquqlarining bir qismini Donald Tramp kuyovi Jared Kushnerning akasiga tegishli kompaniyaga sotish fikridan qaytgani xabar berilgan edi.

Kiritildi: 21:40 01.08.2026. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!