Bugun 2 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Moskva markazida portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Moskva markazida portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Moskva markazida portlash sodir bo‘ldi, natijada uch kishi halok bo‘ldi va 21 kishi jarohat oldi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha Bosh boshqarmasi va Milliy terrorizmga qarshi qo‘mita Axborot markazi voqea haqida xabar berdi.

Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, portlash taxminan soat 20:10 da Kudrinskaya maydonidagi 1-bino yaqinidagi yozgi kafe yonida sodir bo‘lgan.

MAK qo‘lbola portlovchi moslama portlatilganini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir ayol kafega bomba olib kirishga uringan, ammo qo‘riqchi tomonidan to‘xtatilgan. Portlash oqibatida ayol, qo‘riqchi va mijozlardan biri halok bo‘lgan.

Voqea joyida IIV va favqulodda vaziyatlar xizmati tergov guruhi ishlamoqda. Hodisa holatlari tekshirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!