Bugun 2 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda «Energetika xavfsizligi oyligi»: 450 dan ortiq xodimdan iborat kuchaytirilgan guruhlar ish boshladi

Toshkentda «Energetika xavfsizligi oyligi»: 450 dan ortiq xodimdan iborat kuchaytirilgan guruhlar ish boshladi

Toshkentda energiyani behuda sarflash va undan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlarga start berildi.

31 iyul kuni Yunusobod tumanida o‘tkazilgan yo‘riqnomada shahar prokurori, IIBB boshlig‘i hamda shahar hokimi o‘rinbosari tomonidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Asosiy ustuvor yo‘nalishlar:

🔷 Prezident qaroriga muvofiq energiya samaradorligini oshirish va noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;

🔷 Yirik o‘g‘irlik holatlarini fosh etish va resurslar yo‘qotishi yuqori bo‘lgan tumanlarda tekshiruvlar o‘tkazish;

🔷 Elektron tizimlar orqali hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazilgan yoki aloqaga chiqmayotgan «shubhali» iste’molchilarni manzilli o‘rganish.

Ushbu kompleks chora-tadbirlar poytaxtda energiya resurslari talon-toroj qilinishining oldini olib, halol iste’molchilarni barqaror ishlaydigan tizim orqali elektr hamda gaz bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Kiritildi: 13:56 01.08.2026. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!