Tramp prezidentlik muddati tugagunga qadar Grenlandiyaning AQSh nazorati ostiga o‘tishi ehtimoldan xoli emasligini bildirdi. Uning vakolatlari 2029 yil yanvarida tugaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiya bo‘yicha ushbu bayonotini Real America' Voice'ga bergan intervyusida bildirdi.
AQSh prezidenti bilan suhbatda boshlovchi Stiv Gruber "Grenlandiya janob Trampning prezidentlik muddati oxirigacha bizning operativ nazoratimiz ostida bo‘ladi", dedi.
"Ha, bunga tikishingiz bilan haq bo‘lib chiqasiz. Grenlandiya Daniyaning emas, bizning milliy xavfsizligimiz uchun muhim", — deb javob berdi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.