Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Yunusobodda Lacetti daraxtga borib urildi

Yunusobodda Lacetti daraxtga borib urildi

Kecha, 22 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Lacetti avtomobili daraxtga borib urildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, soat 23:45 larda Yunusobod tumani Amir Temur-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan Lacetti rusumli avtomashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotganligi sababli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Shifokorlar tomonidan haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:46 23.03.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!