Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yo‘lovchilar uchun qulaylik: Toshkent aeroportida taksi olish tizimi yangilandi

Yo‘lovchilar uchun qulaylik: Toshkent aeroportida taksi olish tizimi yangilandi

«Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MCHJda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish maqsadida taksi olish tizimi takomillashtirildi. Endi bir qator rasmiy tashuvchilar va agregatorlar yo‘lovchilarni uchib kelish terminali oldidagi birinchi yo‘lakdan to‘g‘ridan to‘g‘ri olib ketishi mumkin.

«Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MCHJda bundan buyon bir nechta taksi xizmatlari va agregatorlari yo‘lovchilarni uchib kelish terminalining oldidagi birinchi yo‘lakdan to‘g‘ridan to‘g‘ri olib ketishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, birinchi yo‘lakdan Taxi Millennium, Let’s Trip, Uzviptransservice, Sicht va Taxi Airport Tashkent rasmiy tashuvchilari, shuningdek, Yandex Go yo‘lovchilari taksiga chiqishi mumkin. Rasmiy tashuvchilar xizmatidan uchib kelish zalida faoliyat yuritayotgan yagona dispetcherlik xizmati orqali buyurtma berish yo‘li bilan foydalanish mumkin. Yandex Go taksilariga esa mobil ilova orqali buyurtma berish imkoniyati saqlanib qolgan.

Qayd etilishicha, aeroportda faoliyat yurituvchi rasmiy tashuvchilar agregatorlar narxlari bilan raqobatlasha oladigan maxsus byudjetli tariflarni joriy qilgan. Jumladan, shahar ichidagi tariflar 50 000 so‘mdan boshlanadi. Shu bilan birga, yo‘lovchilar guruh va oilaviy transferlarni ham o‘z ichiga olgan turli takliflardan birini tanlashlari mumkin.

Yana bir qulaylik sifatida, birinchi yo‘lakda yo‘lovchini qabul qiladigan haydovchilar maxsus yo‘lakda bepul to‘xtashi va yo‘lovchilarni 20 daqiqagacha kutishi mumkin. Yo‘lovchilarga yo‘nalish topishda yengillik yaratish maqsadida aeroportda taksi olish zonasiga olib boradigan belgilari ham o‘rnatilgan.

Kiritildi: Bugun 14:07. O'qildi: 170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!