Ukraina aholisining 85 foizi tinchlik o‘rnatilishini xohlaydi, biroq ukrainaliklarning 85 foizi Donbassdan qo‘shinlarimiz olib chiqilishiga qarshi, dedi Ukraina prezidenti
Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina qo‘shinlarining Donbassdan chiqishini xohlayotgani yangilik emas.
"Ularning fikricha, ukrainaliklar umuman o‘z mamlakati hududida bo‘lmasligimiz lozim. Ammo bizning o‘z yerimiz, o‘z hududiy yaxlitligimiz, o‘z davlatimiz va o‘z manfaatlarimiz bor. Biz Ukraina manfaatlariga muvofiq harakat qilamiz", — deya ta’kidladi prezident.
Bundan tashqari, Zelenskiy 20 banddan iborat tinchlik rejasini millionlab ukrainaliklar qo‘llab-quvvatlashi uchun uni referendum orqali ma’qullash kerakligini aytdi.